Davlat soliq qo‘mitasi mamlakat bo‘ylab onlayn nazorat-kassa texnikasi mavjud bo‘lgan 8,5 mingdan ortiq dorixonalardagi fiskal cheklar ma’lumotlari tahlilini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda O‘zbekiston aholisi dori-darmonlarga 19,7 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan. Shundan 15,7 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ import qilingan va qariyb 4 trln. so‘m mahalliy dori vositalariga sarflangan.
Aholi jon boshiga dori-darmon uchun eng yuqori xarajatlar Toshkent (1,7 mln. so‘m), Buxoro (746 ming so‘m) va Samarqand (660,7 ming so‘m) viloyatlarida qayd etilgan. Dori-darmonlar uchun eng kam xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida (308,9 ming so‘m), Qashqadaryo (302,3 ming so‘m) va Surxondaryo (289,5 ming so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.
Umuman olganda o‘tgan yili dori-darmon uchun eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahri (5 trln. so‘m), Samarqand (2,6 trln. so‘m) va Farg‘ona (1,5 trln. so‘m) viloyatlarida sarflangan.
Respublika hududlari orasida eng kam xarajatlar esa Jizzax (536 mlrd so‘m), Navoiy (490 mlrd so‘m) va Sirdaryo (442,5 mlrd so‘m) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek Soliq qo‘mitasi dori vositalari majburiy markirovka qilish lozimligini va dori vositalari markirovkasining haqiqiyligini soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkinligini eslatdi.