Prezidentning 2025–2026-yillarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan farmonida belgilanishicha, Tashqi ishlar vazirligi 3 oy muddatda:
🔹 AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish rejimini joriy etish,
🔹 O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSh vizasi talablarini yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borishi va taklif kiritishi lozim.
Shuningdek, Rossiya 🇷🇺, Qozog‘iston 🇰🇿 va Ozarbayjon 🇦🇿 fuqarolari uchun O‘zbekistonga ID-karta yoki “kinder pasport” bilan 30 kungacha kirishga ruxsat berish rejalashtirilgan. Bu imkoniyat 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ham amal qiladi.