Markaziy bankning iste’mol kayfiyati bo‘yicha 2025 yil I chorakda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, aholi xarajatlari, ayniqsa, ta’lim, sog‘liqni saqlash va uy-joy ta’miri yo‘nalishlarida ortib bormoqda.
2 900 nafar fuqaro ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi asosiy daromad manbai sifatida oylik maoshni ko‘rsatgan.
18–30 yoshlilar — ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanish va boshqa ehtiyojlar;
31–40 yoshlilar — asosan davolanish va uy ta’miri;
41–50 yoshlilar — davolanish, uy ta’miri, to‘y va avtoxarid xarajatlari ancha yuqori darajada;
50 yoshdan kattalar — birinchi navbatda sog‘liqni saqlash xarajatlarini belgilagan.