Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Hech qaysi prezident xudoning vakili emas – Qosim-Jo‘mart To‘qayev

Hech qaysi prezident xudoning vakili emas – Qosim-Jo‘mart To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida 2029 yilda hokimiyatdan ketishini ma’lum qildi.

"Men 2029 yilda iste’foga chiqishimni e’lon qilganman. Chunki bu xalqimning talabi. Men qattiq ishonamanki, har qanday davlatda, ayniqsa mening davlatimda prezident davlat rahbaridir. U xudoning yerdagi vakili emas, xalqning xizmatchisi", — deya fikr bildirdi To‘qayev.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning amaldagi Konstitusiyasiga ko‘ra, prezident faqat bir marotaba, yetti yillik muddatga saylanishi mumkin. Qozog‘istonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2029 yilda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:07 31.05.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!