Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash masalasida hozircha qaror qabul qilmaganini aytdi
"Bilmayman. Men uni ko‘rib chiqishim zarur. Biz bu masalani batafsil o‘rganib chiqamiz", — dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.
AQSh Kongressi senatorlari tomonidan taklif qilingan hujjatda Rossiya nefti va gazini xarid qilayotgan davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik savdo bojlari joriy etilishi ham ko‘zda tutilgan.