AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijitga ommaviy namoyishlardan qochishni maslahat berdi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Fransiya rahbari haqiqatda rafiqasi tomonidan shapaloq urilgani aks etgan video paydo bo‘lganidan keyin Makronga qanday "oilaviy maslahat" berishi haqidagi savolga javob berardi.
"Eshiklar qulflanganligiga ishonch hosil qiling", deb javob berdi Tramp yig‘ilganlarga.
"Men u bilan gaplashdim, u yaxshi. Ular yaxshi odamlar. Men uni juda yaxshi bilaman", deb davom etdi Tramp. "Men u yerda nima bo‘lganini bilmayman. Lekin men uni juda yaxshi bilaman. Ular yaxshi", - deya qo‘shimcha qildi Oq uy egasi.
Avvalroq Associated Press agentligi Fransiya prezidentining Vyetnamga kelishi aks etgan videoni tarqatgan edi. Kadrlarda Makronning samolyot ichida uning o‘zi to‘liq ko‘rinmasa-da, xotinining qo‘li paydo bo‘lgan va erining yuziga shapaloq urgan.