Eronda uranni boyitish AQSh yadroviy inshootlarga zarba berganidan keyin hali amalga oshirilmagan, biroq Tehron buni milliy g‘urur masalasi deb hisoblab, bu jarayondan voz kechmoqchi emas.
Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Arag‘chi Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Hozir to‘xtatildi, chunki jiddiy zarar yetkazildi", dedi u. – Shu bilan birga, biz boyitishdan voz kechish niyatimiz yo‘q, chunki bu olimlarimizning yutug‘i, qolaversa, endi bu milliy g‘urur masalasidir.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Eron Atom energiyasi tashkiloti hozirda yadroviy inshootlarga yetkazilgan zarar miqdori va boyitilgan uran zaxiralari holatini baholamoqda.