Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Saudiya Arabistonida ishlashi uchun imkoniyat yaratildi

O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Saudiya Arabistonida ishlashi uchun imkoniyat yaratildi

Migrasiya agentligi va Saudiya Arabistonining “Health Resources Company” HRCO kompaniyasi o‘rtasida muhim Kelishuv imzolandi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan bu kelishuvning maqsadi Saudiya Arabistonida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizni ushbu mamlakatga qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda ishga joylashtirishdan iboratdir.

Ma’lumot o‘rnidan: HRCO (Health Resources Company) — Saudiya Arabistonining sog‘liqni saqlash tizimini markazlashgan tarzda boshqarish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar doirasida tashkil etilgan muhim tashkilotdir.

Kompaniya — HR (inson resurslari) operatori sifatida, mamlakatdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari uchun yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqish va boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Migrasiya agentligi e’lonlariga ko‘ra Saudiyada ishlash istagini bildirib ariza qoldirgan 887 nafar nomzodlardan suhbatga tayyor deb baholanganlar uchun ish beruvchilar ishtirokidagi tanlovlar ham boshlandi.

Bunday suhbatlar joriy yil 3-4 dekabr kunlari Andijon shahrida ham bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 13:28. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!