O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov 9 may kungi UFC turnirida sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi jang qilishi kerak edi.
Ammo Yan Blaxovich mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olganini ma’lum qildi. Shu sababli, endi u Guskov bilan bo‘ladigan revansh jangida ishtirok eta olmaydi.
Hozircha Guskovga o‘sha kuni boshqa raqib berilishi haqida yangiliklar yo‘q.