Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik olimlar tutqanoqqa qarshi davo topdi

O‘zbekistonlik olimlar tutqanoqqa qarshi davo topdi
FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari 30 ga yaqin yangi kimyoviy moddani o‘rganib, ular orasidan epitriazolinni istiqbolli modda sifatida tanlagan. Olimlar moddani olish usulini ishlab chiqib, uning tarkibi va xususiyatlarini o‘rgangan. Tadqiqotlarda moddaning tutqanoq xurujlarini kamaytirishga ta’sir qilishi aniqlangan. Tajribalarga ko‘ra, epitriazolin karbamazepin va Konvuleksga nisbatan 1,5–2 barobar kam zaharli bo‘lib, xavfsizlik chegarasi ham yuqoriroq. Mutaxassislar uni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqib, dastlabki namunalarni ham tayyorlagan.
Kiritildi: 14:48 03.09.2026. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!