Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik imomlar Misrning «Al-Azhar» universitetiga yuboriladi

O‘zbekistonlik imomlar Misrning «Al-Azhar» universitetiga yuboriladi

Misrning «Al-Azhar ash-Sharif» universiteti rahbari o‘rinbosari doktor Muhammad Ad-Duvayniy 19 fevral kuni Qohirada O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Al-Balad xabar berdi.

Uchrashuvda Islom olamining nufuzli o‘quv dargohi bilan ilmiy hamkorlikni faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Shayx Ad-Duvayniyning ta’kidlashicha, O‘zbekiston o‘zining nufuzli ulamolari va shayxlari bilan musulmonlar qalbi uchun aziz mamlakat hisoblanadi, «Al-Azhar» esa O‘zbekiston bilan ilmiy, targ‘ibot va madaniy aloqalari bilan faxrlanadi.

Qayd qilinishicha, «Al-Azhar»da o‘zbekistonlik 2600 nafar talaba ta’lim olmoqda. Bungacha «Al-Azhar» xalqaro akademiyasi imomlar, voizlar va fatvo tadqiqotchilari tayyorlash uchun o‘zbekistonlik imomlar ham o‘qishga qabul qilingan va bu borada hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari «Al-Azhar»da ta’lim olgan olimlarga ehtiyoj borligini ma’lum qilib, 20 nafar imom ro‘yxati tayyorlab qo‘yilganini, ular «Al-Azhar»ga yuborilishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 22:32 20.02.2023. O'qildi: 2018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!