AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda ijobiy natijalarga erishish mumkin;
◾️ Menimcha, Rossiya 30 kunlik sulhga rozi bo‘ladi;
◾️ 15 may kuni aynan qayerda bo‘lishimni bilmayman, chunki o‘sha kuni juda ko‘p uchrashuvlarim bor. Lekin Istanbulga uchib borish imkoniyatini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqdaman, balki borarman;
◾️ AQSh Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi yadroviy mojaroni to‘xtatdi. Menimcha, bu dahshatli yadroviy urush bo‘lishi mumkin edi. Millionlab odamlar halok bo‘lishi ehtimoli yuzaga kelgandi;
◾️ Men Pokiston va Hindistonga harbiy harakatlar to‘xtatilishi evaziga AQSh bilan savdo hajmini sezilarli darajada oshirishni taklif qildim, aks holda savdo imtiyozlari bekor qilinishidan ogohlantirdim;
◾️ Yevropa Ittifoqi bilan savdo qilish Xitoy bilan savdo qilishdan ko‘ra “ko‘p jihatdan yomonroq”;
◾️ AQSh Germaniyaning sog‘liqni saqlash tizimi va Yevropa Ittifoqining boshqa ijtimoiy dasturlarini teng bo‘lmagan savdo orqali subsidiya qilmoqda.