AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi (Green Card) doirasida 55 mingtagacha doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda ushbu vizani qo‘lga kiritish uchun taxminan 131 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
3 may kuni dastur natijalari e’lon qilindi, xususan, Green Card yutganlarning eng ko‘pi Afrika, Osiyo va Yevropa mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan. Unga ko‘ra:
«Ro‘yxatdan o‘tgan dastlabki 55 ming kishidan ba’zilari viza berish uchun o‘z ishini davom ettirmasligi mumkinligi sababli, bu muhimroq raqam barcha DV-2025 raqamlari 2025 yilda (2024 yil 1 oktyabr, 2025 yil 30 sentyabrgacha) ishlatilishini ta’minlashi kerak», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi AQShda 1990 yilgi immigrasiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya g‘oliblari AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.