Zelenskiy AQSh prezidenti Tramp ham muzokaralarda bevosita qatnashish uchun Istanbulga borishi haqida fikr bildirish davomida o‘t ochishni to‘xtatish shartlari haqida gapirmadi.
"Prezident Trampning bayonotini eshitdim. Juda muhim so‘zlar. Men prezident Trampning Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladim. Men uchrashuvga tayyorligimni ochiq aytdim. Men 15 may kuni Turkiyada bo‘laman. Umid qilamanki, rossiyaliklar bu uchrashuvdan qochishmaydi. Albatta, biz, butun Ukraina xalqi prezident Tramp ham Turkiyadagi uchrashuvda biz bilan birga bo‘lishini xohlaymiz", – deb yozdi Zelenskiy Telegram-kanalida.
Avvalroq Tramp Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligini aytgan edi. Shu bilan birga, Putin bu muzokaralarda shaxsan ishtirok etishini hozircha tasdiqlamagan.