Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Madridning "Real" klubi Yoshlar o‘rtasidagi UYEFA Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Finalda "qirollik klubi" Belgiyaning "Bryugge" jamoasini penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan.

Uchrashuv Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tdi. 23-daqiqada Xakobo Ortega "Real"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada Tobas Yensen hisobni tenglashtirdi.

Penaltilar seriyasida darvozabon Xavyer Navarro qahramonga aylandi — u ikki zarbani qaytardi. Shu bilan birga, "Real" futbolchilari barcha penaltilarni aniq amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 09:03. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!