Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik hujumchining Portugaliya klubiga transferi barbod bo‘ldi

O‘zbekistonlik hujumchining Portugaliya klubiga transferi barbod bo‘ldi

O‘zbekistonlik hujumchi Husayn Norchayev Portugaliyaning "Braga" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

"Braga" futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xat yuborgan. O‘sha paytda Norchayev Dohada, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida edi. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopilishi munosabati bilan futbolchi yig‘inni oxiriga yetkazmay Toshkentga qaytib kelishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekistonda Portugaliya elchixonasi hamda vakolatxonasi yo‘q. Shu bois futbolchining agentlari Toshkentdagi Fransiya elchixonasi orqli Rossiyadagi Portugaliya elchixonasiga aloqaga chiqishgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham futbolchiga yordamga keldi. Biroq Portugaliya elchixonasi xodimlari qisqa muddatda viza tayyorlab bera olmasliklarini, futbolchidan dushanba kuni Moskvaga uchib kelishni so‘rashgan. Norchayev dushanba kuni Moskvada emas, Portugaliyada bo‘lishi kerak.

Shu sababli ham mazkur transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.

"Football Group" agentligi va Husayn Norchayev bu transfer amalga oshishi uchun qo‘ldan kelganicha yordam ko‘rsatgan Fransiya elchixonasiga, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi va Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorchilik bildiradi.

Kiritildi: 23:37 01.02.2025. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!