Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyaga ishga taklif etildi

O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyaga ishga taklif etildi

Migrasiya agentligi va Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni yuk yetkazib beruvchi sifatida ishga taklif etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yuk yetkazib beruvchi haydovchi sifatida ishlash uchun 200 ta ish o‘rni mavjud bo‘lib, 1200-2000 AQSh dollarigacha oylik maosh beriladi (ko‘tarilishi ham mumkin). Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud. Ish unumdorligiga qarab yiliga ikki marta moddiy rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan.

Ish smenali bo‘lib, ish beruvchi kompaniyaga qarab farq qiladi. Turar joy ish beruvchi tomonidan beriladi va ish haqidan ushlab qolinadi (o‘rtacha 200 AQSh dollari). Fuqarolarga aviachipta xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (xarajat kompensasiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Unda BC (C toifani olganiga 3 yil bo‘lgan) toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig‘idagi haydovchilar ishlashi mumkin. Buning uchun talabgorlar 2026 yil aprel oyida boshlanadigan Toshkent viloyati Angren shahridagi 8 oylik bepul o‘quv kurslarida ishtirok etishi lozim (bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi). 30 martdan 3 aprelgacha Proud Partners kompaniyasi tomonidan onlayn suhbat o‘tkaziladi. Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.

Har bir nomzod Migrasiya agentligining Xorijda ish platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. Talablarga to‘g‘ri keladiganlarga Migrasiya agentligi xodimi bog‘lanadi va sms yuboriladi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!