Eron Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Donald Tramp uchun bir nechta "syurpriz" tayyorlab qo‘ygan.
Bu haqda Tasnim agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
«Trampning puch va’dalariga zid o‘laroq, Eron yaqin kunlar uchun syurprizlar tayyorladi, ular urush natijasini yanada oydinlashtiradi», — deyiladi nashrda.
Agentlik manbasi, shuningdek, AQSh Prezidentini «telefon va ijtimoiy tarmoqlarni bir chetga surib qo‘yishga» hamda osmonni va neft narxlarini kuzatib borishga chaqirdi.