Joriy yilning oktyabr oyida Osiyo qit’asida 2026 yilgi Jahon chempionati 4-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borishadi.
Qatar — BAA
14 oktyabr | 22:15 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
To‘rtinchi hakam: Rustam Lutfullin
VAR: Ahrol Risqullayev
AVAR: Firdavs Norsafarov