Geymerlar secure.avaaz.org saytida Sony Interactive Entertainmentga murojaat tarzida petisiya yo‘llashdi.
Sababi hozirda O‘zbekiston PlayStation va XBoxning rasmiy qo‘llab-quvvatlanadigan hududlari ro‘yxatiga kirmaydi.
Bu esa o‘yin ixlosmandlariga akkaunt ochishda, o‘yinlar va obunalarni rasmiy ravishda xarid qilishda to‘siq bo‘lyapti.
“Bu minglab foydalanuvchilarni noqulay holatga solmoqda, biz boshqa davlatlar hududini tanlashga, soxta ma’lumotlar kiritishga majbur bo‘lyapmiz”, — deyiladi petisiyada.