O‘zbekistonlik chavandoz Eronda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Tehronda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSIY-B xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Dilshod Shokirov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchi ushbu muvaffaqiyatga 110-115 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida erishdi.
Ma’lumot uchun, musobaqa o‘z ishini 30 apreldan 2 mayga qadar davom ettirdi. Bu musobaqa yosh chavandozlar uchun xalqaro tajriba orttirish, sport mahoratini oshirish hamda keyingi yirik musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.