Super yengil vazn toifasidagi professional bokschimiz Ruslan Abdullayev hozirgina ikkinchi jangini yakunladi.
AQShning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida tashkil etilayotgan prof boks oqshomida 22 yoshli hamyurtimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo‘ldi. Sakkiz raund to‘liq davom etgan jangda charm qo‘lqop ustamiz raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan (80:71, 80:71, 80:71) mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi shundaki, Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi mijozi bo‘lgan Ruslan Abdullayev prof boksdagi ikkinchi jangidayoq WBA Continental kamarini qo‘lga kiritdi.