Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik ayol Oloy bozoriga kirish joyida janjal ko‘tardi. Nega?

O‘zbekistonlik ayol Oloy bozoriga kirish joyida janjal ko‘tardi. Nega?

O‘zbekistonlik ayol Oloy bozoriga kirish joyida janjal uyushtirgan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berishicha, ayol ikki nafar niqobsiz bolalari bilan bozor hududida kirmoqchi bo‘lgan.

"24 aprel kuni soat 12.30larda ikki nafar yosh bolali ayol bozor yoniga kelgan. Uning yuzidagi tibbiy niqob tushirilgan bo‘lib, bolalarida esa niqob umuman yo‘q edi. Niqob taqish yurish bo‘yicha belgilangan qoidaga rioya etish zururligi, shuningdek, odamlar gavjum joylarda bolalarning bo‘lishi noo‘rinligi yuzasidan Milliy gvardiya xodimasining qonuniy tanbehi va tushuntirishiga javoban, ayol urishishni boshlagan va asossiz e’tirozlar bildirgan. Bolalariga niqob taqish taklif etilganda u yonida niqob yo‘qligini aytgan", - deb ma’lum qildi Milliy gvardiya.

Milliy gvardiya xodimasida bo‘lgan niqoblar fuqaroga taklif etilgan bo‘lsada, u rad javobini berib, sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzgan holda bozor hududiga kirmoqchi bo‘lgan. Voqea joyiga ichki ishlar idorasi profilaktika inspektori taklif etilgan va u fuqaroga bunday hatti-harakatning noo‘rinligi bo‘yicha og‘zaki ogohlantirish berib, uni tartibga chaqirgan.

“Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Xodimaning hatti-harakati o‘rinli va vakolat doirasida deb baholandi. Qolaversa, uning xizmatga nisbatan mas’uliyatli munosabati ta’kidlab o‘tildi”, - deya ma’lumot bermoqda huquqni muhofaza qilish idorasi.

Kiritildi: 14:34 28.04.2020. O'qildi: 4853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!