Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning ma’lum qilishicha, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 11,3 milliard dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Ushbu natija o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga yuqori hisoblanadi. Pul o‘tkazmalari mamlakatga asosan quyidagi davlatlardan kelib tushgan:
Rossiya - 8,75 milliard dollar;
Qozog‘iston – 625 million dollar;
Janubiy Koreya - 420 million dollar;
AQSh - 415 million dollar;
Turkiya - 291 million dollar;
Buyuk Britaniya - 93 million dollar;
Polsha - 48 million dollar.