Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosarining uyidan 3 million dollar mablag‘ topilgan

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosarining uyidan 3 million dollar mablag‘ topilgan

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari — viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Viloyat hokimligida ishlovchi “Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, Botirjon Hamroyevning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.

Yana bir mustaqil manbaning qayd etishicha, sobiq hokim o‘rinbosari xonadonidan juda katta miqdorda (uch million dollar) mablag‘ saqlanayotgani aniqlangan.

Aniqlanishicha, Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Botirjon Hamroyev 2019-yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Avvalroq, Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan viloyat hokimining o‘rinbosari — viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlanganini xabar qilgandi. Biroq sobiq o‘rinbosari nima sababdan ishdan ketganligi aytilmagandi.

Kiritildi: 16:02 01.11.2024. O'qildi: 5273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!