Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi

Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi

Bugun, 1 noyabr kuni internet qimor o‘yinida pul yutqazib qo‘ygan shaxs o‘zini yoqib yuborganligi aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Andijon shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan R.F.(erkak) kecha, 31 oktyabr kuni soat taxminan 22:40 atrofida o‘ziga benzin sepgan holda «Ilg‘or» MFY Janubiy Paxtakor-1 ko‘chasida joylashgan paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, joniga suiqasd qilgan. U kuygan jarohatlari bilan RSHTYOIAM viloyat filialiga keltirilgan.

«R.F. ni o‘ziga benzin sepib, paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, qaytib chiqib ketgani shoxobchadagi va uni tashqarisiga qo‘yilgan videokameralarda qayd qilingan», deydi Hayot Shamsutdinov.

Hozirda fuqaro R.F. ga RSHTYOIAM viloyat filialida zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv davomida R.F. ga olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kiritildi: 14:08 01.11.2024. O'qildi: 2180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!