Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Senat tarkibi yangilanmoqda, raisi ham yangilanadimi?

 Senat tarkibi yangilanmoqda, raisi ham yangilanadimi?

Tanzila Narbayeva 5 yil davomida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatini boshqardi.
27 oktyabr saylovlaridan so‘ng Senat tarkibi ham yangilanadi. O‘zbekiston yangi Konstitusiyasiga ko‘ra, Senat raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi. Majlisining Senati raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.

Hamda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni, Tanzila Norboyevani biz ortiq Senat raisi lavozimida ko‘rmaymizmi?

Tanzila Norboyeva 2016 yil dekabr oyida muddatidan oldin prezidentlik saylovlaridan so‘ng tuzilgan hukumatda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi-O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

2019 21 iyundan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatiga raislik qila boshlagan.

Kiritildi: 12:00 01.11.2024. O'qildi: 2167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!