2025 yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Hindiston — 2780 nafar;
Turkmaniston — 2622 nafar;
Tojikiston — 1145 nafar;
Xitoy — 459 nafar;
Janubiy Koreya — 381 nafar;
Pokiston — 348 nafar;
Qirg‘iziston — 263 nafar;
AQSh — 232 nafar;
Afg‘oniston — 167 nafar;
Turkiya — 161 nafar;
Boshqa davlatlar — 988 nafar.
Infografika: Vaqt.uz
Yillar kesimida xorijlik talabalar soni qanday o‘zgardi?
Milliy statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 mingga etgan. Quyidagi raqamlar yildan-yilga xorijlik talabalar sonining qanday o‘sib borayotganini aks ettiradi:
Umuman olganda, so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda tahsil olayotgan norezident talabalar soni 18 baravar oshdi.
Nega xorijiy talabalar O‘zbekistonni tanlamoqda?
Xorijlik talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga jalb etayotgan asosiy omillar:
OTMlar uchun bu qanday foyda keltirmoqda?
Kelajak prognozi