Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxs ushlandi

O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi sababli, qidiruvda bo‘lgan – 1987 yilda tug‘ilgan – SH.N. xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.

SH.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari g‘oyalari ta’siriga tushib, Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan va ularning ta’sirida 2016 yilda Suriya Arab Respublikasi hududiga o‘tib, xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida SH.N. xorijiy davlatlarning birida qo‘lga olinib, yurtimizga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:17 22.05.2023. O'qildi: 4899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!