Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston bosh vaziri bilan har ikkala tomon uchun foydali bo‘lgan hamkorlik g‘oyasini muhokama qilganini aytib berdi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik ishchilar yordamida Belarusda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Oyliklar juda katta bo‘lmasa ham, lekin ishchilarga munosabat yaxshi bo‘ladi. Ishlab chiqilgan mahsulotlar O‘zbekiston bozoriga yetkazib beriladi.
Bunda asosiy maqsad — daromad olish emas, kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, dedi davlat rahbari.