Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatlardan sayyohlar kelmoqda?

O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatlardan sayyohlar kelmoqda?

2025 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 3,1 mln xorijiy turist tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46,4 foizga ko‘p. Sayyohlarning aksariyati qo‘shni davlatlardan kelgani qayd etildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi to‘rt oyida O‘zbekiston 3,1 mln nafar xorijlik turistni qabul qildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga ko‘paygan va 46,4 foiz o‘sishni qayd etgan.

Tashrif buyurgan sayyohlar orasida Qirg‘iziston fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Qo‘shni davlatdan 942,2 ming kishi O‘zbekistonga kelgan. Tojikistondan esa 793,9 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Qozog‘istondan kelganlar soni 617,2 ming nafarni tashkil etgan. Rossiyadan 240,1 ming, Afg‘onistondan 156,6 ming va Turkmanistondan 109,6 ming kishi kelgan.

Turkiyadan 49,4 ming, Xitoydan 38,1 ming, Hindistondan 22,6 ming va Italiyadan 11,1 ming sayyoh qayd etilgan. Shuningdek, boshqa davlatlardan 136,8 ming nafar xorijiy fuqaro O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, sayyohlarning katta qismi qo‘shni davlatlardan kelayotgani, O‘zbekistonning mintaqaviy turizm markaziga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 21:31 30.06.2025. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!