Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddasining yirik miqdordagi noqonuniy savdosi fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, 1972 va 1976 yillarda tug‘ilgan ikki nafar qo‘shni davlat fuqarosi 2 kilogramm 18 gramm sof og‘irlikdagi opiy moddasini noqonuniy yo‘llar bilan O‘zbekiston hududiga olib kirgan.
Ular giyohvandlik moddasini Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.