Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondan Braziliyaga ilk bor konteynerli poyezd yo‘lga chiqdi

O‘zbekistondan Braziliyaga ilk bor konteynerli poyezd yo‘lga chiqdi

Markaziy Osiyodagi transport, aloqa, infratuzilma, tashqi savdo faoliyati va boshqalar haqida ma’lumot beruvchi LogiStan Telegram kanalining xabar qilishicha, yuk poyezdi 11 dekabr kuni jo‘nab ketgan bo‘lib, tarkibda jami 12 metrli 54 ta konteyner bor (har birida 28 tonna karbamid mavjud).

“Poyezd O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya hududlaridan o‘tadi. Poti portida (Qora dengizning sharqiy qismidagi eng yirik port) temiryo‘l platformalaridan konteynerlarni kemaga qayta yuklash va dengiz orqali Paranagua (Braziliya) portiga yetkazish rejalashtirilgan”, degan First Dry Port Terminal vakili.

Qayd etilishicha, yuklar O‘zbekiston kimyo sanoatida eksport-import operasiyalari bo‘yicha yagona agent — “O‘zkimyoimpeks” kompaniyasi tomonidan yuborilgan.

Yuklar manzilga, taxminan, 60—70 kunda yetib boradi. O‘zbekistondan Poti portigacha konteynerlar 20 kunda, dengiz orqali esa 35—45 kunda yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:18 15.12.2024. O'qildi: 3723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!