Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistondagi mashinalar konserva bankasiga o‘xshaydimi?

O‘zbekistondagi mashinalar konserva bankasiga o‘xshaydimi?

Har safar haydovchi uchun og‘ir yakun topgan yo‘l-transporti hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar e’lon qilganimizda, quyidagilar kabi sharhlar paydo bo‘la boshlaydi: “Bularning hammasiga zamonaviy avtomobillar aybdor! Mustahkamroq bo‘lganlarida edi, inson tirik qolardi!”, “To‘g‘ri, bizning mashinalarimiz konserva bankalariga o‘xshaydi, aynan ular YTHga sabab bo‘layaptilar!”, “Ilgari mashinalar tankdek bo‘lgan! Hozirgilaridek emas”. Biz ushbu mavzuni e’tiborsiz qoldira olmaymiz, shuning uchun quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB.

Hurmatli haydovchilar! Bilingki, hatto KAMAZlar ham g‘ijimlanib ketadi. Qog‘oz kabi g‘ijimlanib, yirtiladi. Tezlikni oshirganda qaysidir avtomobilda xavfsizlikda bo‘laman deb o‘ylamang. Aynan tezlikni oshirish va boshqa shu kabi xatolar yo‘llarda og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi, bunda avtomobil emas, uni boshqargan odam aybdor.

Yo‘l-transport hodisalari ro‘y berganda kuzovning yo‘g‘onligining xavfsizlikka dahli bormi? Yo‘q, ko‘plab avtohavaskorlarning bu boradagi yanglishmovchiliklariga qaramasdan, buning ahamiyati yo‘q. Bugungi kunda kuzov panellari yengilroq, ammo yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan materiallarda tayyorlanadi. Ammo xavfsizlik borasida birinchi o‘rinda bugungi kunda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan po‘lat qo‘llanilgan tarzda ishlab chiqariladigan kuzovning kuch tuzilmasi ahamiyatlidir. Natijada avtomobil og‘irligi pasayadi, kuzovning qattiqligi esa oshadi. Haydovchini himoya qilib, o‘ziga asosiy zarbani qabul qiluvchi qism ham aynan kuzovdir. 

Ammo, gap shundaki, avtomobillarning “krash-test”lari ko‘pincha 50 dan (maksimum) 80 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda o‘tkaziladi. Sababi, turli davlatlarda ruxsat berilgan tezlik ko‘rsatkichi shular orasidadir. Ammo real hayotda esa yo‘llardagi YTHlar tezlik sezilarli darajada oshirilganda sodir bo‘ladi... 

Tezlik qancha yuqori bo‘lsa, boshqaruvni yo‘qotib, biror-bir to‘siqqa urilish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tezlik qanchalik yuqori bo‘lsa – zarba kuchi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Hattoki eng mustahkam kuzovning shakli ham qo‘rqinchli tarzda o‘zgaradi – g‘ijimlanib, yirtiladi va tiklab bo‘lmaydigan holatda qoladi.

Biz internet kengliklarida siz maqtagan “tanklarning” – inomarkalarning YTHga uchraganlaridan keyingi holatlari aks etgan suratlarni topib, e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Ko‘rib, ishonch hosil qiling: tezlik oshirilganda kuzovning shakli avtomobil rusumidan qat’iy nazar o‘zgaradi.

Tezlikni pasaytiring! Yo‘l harakati qoidalarini buzmang – natijasi bu ishingizni oqlamaydi.

Kiritildi: 11:40 08.10.2019. O'qildi: 3250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!