2026 yil yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonda faoliyati yuritayotgan 34 ta bank jami 6,94 trillion so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,64 trillion so‘mga ko‘p.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning dastlabki to‘rt oyidagi banklar sof foydasi uch trillion so‘m bo‘lgan. So‘ngi ikki yilning yanvar—aprel oylaridagi sof daromadlar ulushi ikki baravardan ko‘proq oshgan.
Joriy yil 1 may holatiga ko‘ra, banklarning jami aktivlari hajmi 962,8 trillion so‘mga yetgan (https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/3940408/). Bunda aktivlar ulushi bir yil avvalgidan qariyb 133 trillion so‘mga ortgan.
Banklarning 338,5 trillion so‘m yoki 35 foiz aktivlari xorijiy valyutada ekani qayd etilgan. Taqqoslash uchun, 2025 yil may oyining boshida 335,8 trillion so‘mlik aktivlar chet el valyutasida edi va bu umumiy ulushning 40 foizini tashkil etgan. Ya’ni bir yil davomida xorijiy valyutadagi aktivlar ulushi 5 foizga qisqargan.