Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda “yuvenal adliya” tizimi joriy etilishi mumkin

A A A
O‘zbekistonda “yuvenal adliya” tizimi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda “Adolat” sosial-demokratik partiyasi yuvenal adliya tizimini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda.

Yuvenal adliya 60 dan ortiq mamlakatda bolalar huquqbuzarligi bilan bog‘liq sud ishlarini ko‘rishda ishlaydi. Tizim bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularga nisbatan huquqiy muomalani yaxshilashga qaratilgan.

“Xorijiy mamlakatlarda bu tizimning muvaffaqiyatli misolida Fransiya va Yaponiyani keltirish mumkin. Ular bolalar bilan bog‘liq ishlarda jinoiy jazo emas, balki qayta tarbiyalash va jamiyatga moslashtirishga urg‘u beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu yondashuv tufayli yoshlar orasidagi jinoyatchilik sezilarli darajada kamaygan. Bu tizimning asosiy maqsadi esa bolalarga nisbatan shafqatli bo‘lish va ularni jamiyatga foydali a’zo qilib qaytarishdan iborat”, deyiladi partiya bayonotida.

Kiritildi: 15:30 27.09.2024. O'qildi: 2029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!