Hukumat qarori bilan xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar miqdoriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to‘lanadigan to‘lov quyidagi tariflarga muvofiq belgilandi:
Shuningdek, og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o‘tishi uchun arizalarni ko‘rib chiqish, yo‘nalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori “Lisenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanishi ko‘zda tutildi:
- 100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;
- har bir keyingi km uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.
Ilgari mazkur to‘lovlar 100 km ga qadar — 25 AQSh dollari hamda har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSh dollari qiymatida belgilangan edi.