O‘zbekistonda YPX xodimini mashina kapotida “sayr qildirgan” haydovchi voqesi Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan va unga nisbatan huquqiy chora ko‘rilgani ma’lum qilindi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatiga.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Gentra haydovchisi YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay xodim ustiga mashinani haydagani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, haydovchi MJtKning 183 va 194-moddasining 2-qismi bilan aybdor deb topilgan va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qayd etilishicha, haydovchi bundan avval ham bunday huquqbuzarlikni sodir etgan. U qilgan ishidan pushaymon ekanini va bu ishni qayta sodir etmasligini bildirdi.