Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 2025 yil dekabr oyida respublikadagi bog‘, sayilgoh, daraxtzor, yashil vohalar o‘rtasida “Yashil zamin yaratuvchilari” eko-marafoni an’anaviy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil iqtisodiyot’ yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 16-son Farmoniga muvofiq tashkil etiladi.
Ko‘rik-tanlov tuman (shahar) (24 noyabr — 12 dekabr) hamda hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichlarda (15–19 dekabr) o‘tkazilib, bog‘, sayilgoh, daraxtzor, yashil vohalar nomidan mazkur manzillarda joylashgan umumta’lim maktablaridan shakllantirilgan (8 kishidan iborat) jamoalar ishtirok etadi.
Ko‘rik-tanlov 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tadi. Birinchi shart — “Ekologiya bilimdoni”da ekologiyaga oid 10 ta savol beriladi. Ikkinchi shartda ishtirokchilardan tanlov boshlanguniga qadar chiqindilar to‘g‘risida maqolalar chiqarish talab qilinadi. Uchinchi shartda esa jamoalar payvandlash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini amalda ko‘rsatib berishlari lozim. Barcha shartlar jamoaning bog‘i, sayilgohi, daraxtzori, yashil vohalariga borib baholanadi.
Eko-marafon yoshlarning “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi intellektual salohiyatini oshirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish hamda ekologiya va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.