Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yangi unvon ta’sis etildi

O‘zbekistonda yangi unvon ta’sis etildi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun (O‘RQ-1048-son, 19.03.2025 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu unvon mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

Shuningdek, unvon ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda fidokorona mehnat qilgan mutaxassislar va ekofaollarga ham taqdim etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 02:57 20.03.2025. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!