Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda Xitoydagi noma’lum virus sabab qat’iy choralar ko‘rilmoqdami?

O‘zbekistonda Xitoydagi noma’lum virus sabab qat’iy choralar ko‘rilmoqdami?

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklarning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida  SSV va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda;

- pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari bilan aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda;

- gripp, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash-profilaktika muassasalarini tayyorgarligini ta’minlash, bemorlarni davolash uchun dori-darmonlar va dezinfeksion moddalar zaxirasi yaratildi;

- Xitoydan kelayotgan yo‘lovchilar orasida gripp kasalligining og‘ir turlariga, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisi uchun namunalar olish tashkil etilmoqda;

- mutaxassislar tomonidan uchuvchilar, bort va temir yo‘l kuzatuvchilarining bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisi, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda koronovirusning yangi turi epidemiyasi yuzaga kelgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilning 11 yanvar holatiga Uxan shahrida 41 ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan. Ulardan bir nafari vafot etgan, 6 nafari sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan. Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan. Bugungi kunda kasallikning odamdan odamga yuqishi aniqlanmagan.

 

Kiritildi: 13:36 14.01.2020. O'qildi: 3007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!