2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 90 va undan katta yoshdagi aholi soni 18 915 nafarni tashkil etdi.
Bu haqda «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti ma’lum qildi.
Shahar joylarida uzoq umr ko‘ruvchilar soni qishloqlarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi
Uzoq umr ko‘ruvchilarning uchdan ikki qismini:
Hududlar kesimida uzoq umr ko‘ruvchilar soni:
Demografik prognozlarga ko‘ra, yaqin kelajakda O‘zbekistonda uzoq umr ko‘ruvchilar soni muntazam oshib boradi hamda 2030 yilda – 44 016, 2040 yilda – 93 971 nafarni tashkil etadi.
Bu o‘sishning asosiy sababi 1935–1950 yillarda tug‘ilgan avlodning uzoq umr ko‘ruvchi yoshga kirishi bilan izohlanadi.
Ushbu yillarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari juda yuqori bo‘lgan (36,6–30,9 promille).
Shu bilan birga, O‘zbekistonda umr ko‘rish davomiyligining ortishi ham uzoq umr ko‘ruvchilar sonining ko‘payishini ta’minlamoqda. Jumladan, 2010 yilda respublikada tug‘ilishda kutilayotgan hayot davomiyligi 73,0 yoshni, 2024 yilga kelib esa 75,1 yoshni tashkil etgan.
«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, uzoq umr ko‘rishning eng muhim ijtimoiy omili – ijtimoiy faollik hisoblanadi.
Respondentlarning 76,3 foizi faol ijtimoiy hayot tarzi insonni ruhan va jismonan sog‘lom saqlashini ta’kidladi. Bu tendensiya ayollar (76,4 foiz) va erkaklar (76,0 foiz) o‘rtasida deyarli bir xil darajada namoyon bo‘ldi.
Genetik omillar ham ahamiyatli bo‘lib, respondentlarning 38,8 foizi ularning oilalarida uzoq umr ko‘ruvchilar ko‘pligi ularning uzoq umr ko‘rishiga turtki bo‘lgan deb hisoblaydi.
O‘zbekistonda uzoq umr ko‘ruvchilar sonining yil sayin ortib borishi sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy faollik va oilaviy munosabatlarning barqarorligini ham ko‘rsatadi.