O‘zbekistonda uy-joy sotib oluvchilar uchun keshbek joriy etish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda 29 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi va qurilish sohasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning ta’kidlashicha, hozirda uy-joylarning atigi 10 foizga yaqini qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, qolgan 90 foizida soliq to‘lanmayapti. Unga ko‘ra, bu holat qurilish sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini oshirmoqda.
Vahobovning fikricha, jismoniy shaxslarga oldi-sotdi bitimi summasidan belgilangan tartibda keshbek berish orqali bu muammoni bartaraf etish mumkin:
Jismoniy shaxslar uchun 4−5 foiz keshbek joriy etish bo‘yicha fikrlar bor, shunda ular quruvchiga murojaat qilib, oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foiz keshbek olish uchun hisobvaraq-fakturani talab qilishadi. Balki bu vaziyatni o‘zgartirishga yordam berar?
— dedi u.
Hozirda mazkur taklif atroflicha o‘rganilmoqda.