Nikolas Maduro AQSh qamoqxonasida ikkiga uch metrli izolyatorda saqlanmoqda — ABC News.
"Bunday kameralar bir nechta maqsadlarga xizmat qiladi: intizomiy izolyasiya, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish va o‘ta xavfli yoki xavf ostida bo‘lgan mahbuslarni himoya qilish uchun", deya xabar bermoqda telekanal.
Yanvar oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olingandi. Uning o‘rniga vise-prezident Delsi Rodriges Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.