Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda ushbu hafta havo harorati ko‘tarilishi davom etadi

O‘zbekistonda ushbu hafta havo harorati ko‘tarilishi davom etadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtalarida harorat 15 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, 3 fevral, dushanba kuni kunduzi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida kechalari bir oz sovuq bo‘lishi saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati 8-11 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Chorshanba va payshanbi kunlari kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda harorat asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-9 iliq bo‘ladi.

Toshkentda 3—7 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 3—4 fevralda kechalari 0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Harorat 5—7 fevralda kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-15 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Kiritildi: 11:08 03.02.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!