2026 yilning yanvar–aprel oylarida 7 ming 355 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 2,6 ming nafarga yoki 26,2 foizga kamaygan.
Qayd etilishicha, ta’lim maqsadida xorijga chiqqanlar soni bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi birinchi o‘rinni egalladi. U yerga 1 ming 519 nafar o‘zbekistonlik yo‘l olgan.
Rossiya 1 ming 515 nafar bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Koreya Respublikasi 1 ming 184 nafar talabani qabul qilgan. Ushbu uch davlat ta’lim olish uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, Turkiyaga 554 nafar, Tojikistonga 514 nafar, Xitoyga 472 nafar va Buyuk Britaniyaga 413 nafar fuqaro o‘qish maqsadida borgan. Boshqa davlatlar hissasiga esa 1 ming 184 nafar to‘g‘ri kelgan.