Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda telekommunikasiyalar operatorlariga ayrim soliq va bojxona imtiyozlari beriladi

O‘zbekistonda telekommunikasiyalar operatorlariga ayrim soliq va bojxona imtiyozlari beriladi

Senatning 59-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun bilan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini respublika hududiga olib kirishda telekommunikasiyalar operatorlariga soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga muvofiq endilikda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan respublika hududiga olib kiriladigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari soliq solishdan ozod qilinadi va mazkur texnik vositalar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni bojxona bojini to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmatni nazarda tutuvchi boshqa idoralar harbiy yuklar bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Kiritildi: 15:10 23.10.2024. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!