Bu musobaqada Dakar-2026 yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladi. Mazkur qarorni Butunjahon taekvondo federasiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’lon qildi.
Yig‘ilishda 2027 yilga qadar bo‘lgan yirik musobaqalarga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar aniqlab olindi. Toshkent bu borada Xitoyning Chunsin shahri bilan raqobatlashgan.
Butunjahon taekvondo federasiyasi Prezidenti Chungvon Choi barcha mezbonlar qatori mamlakatimizni ham qutlab, musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.