Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda suv sohasi raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda suv sohasi raqamlashtiriladi

Prezidentning joriy yil 13 oktyabrdagi «Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–183-son farmoni bilan suv sohasi raqamlashtiriladi.

Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq ma’lumotlarni raqamlashtirish;
  • 600 mingdan ortiq suv iste’molchilari, 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish;
  • suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovasion va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish.

Suv xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi.

Kiritildi: 20:01 20.10.2025. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!