Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda suv kodeksi qabul qilindi

O‘zbekistonda suv kodeksi qabul qilindi

Qonun bilan O‘zbekistonning Suv kodeksi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, kodeks suv, suv ob’ektlari, suv xo‘jaligi ob’ektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Kodeksga ko‘ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi. Suv ob’ektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekistonning yer usti va yer osti suv ob’ektlari;
  • O‘zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o‘tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv ob’ektlari.

Suv ob’ektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin. Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 23:33 30.07.2025. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!